“Tottenxem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen klubi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Bu haqda «AS” nashri xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, tomonlar bu borada muzokaralar boshlashgan, ammo hali hech bir natijaga erishishmagan. Chunki Erikson jamoasini o'zgartirishni istayapti, u kelajagini “Real”da ko'rmoqchi.
O'z o'rnida “qirollik klubi” ham daniyalik futbolchiga qiziqyapti. “Tottenxem” esa Eriksonni 250 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.