«Yuventus» klubining sobiq futbolchisi Alessandro Del Pero «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni turinliklar safiga chaqirdi.
«Biz bir kun kelib Chempionlar ligasini yutishga umid qilmoqdamiz. Agar Ronaldu «Real»da baxtsiz bo'lsa va u erdan ketishni istasa, «Yuventus»da unga joy topiladi», — dedi Del Pero Marca xabarida.
Avvalroq Ronaldu 14,7 mln evro miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblanayotgani va shu sababdan «Real»ni tark etmoqchiligi haqida xabarlar chiqqan edi.