«Real» yarim himoyachisi Iskoning yaqin do'sti Aytor Kosta ijtimoiy tarmoqlar orqali "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Santyago Solarini tanqid ostiga oldi.
«Solari, men injeneriya sohasini qanday tushunsam, sen futbolni shunday tushunasan. Sen — futbol qotilisan. Sen kabi insonlarning ismi bo'lmaydi», – deya yozdi Kosta o'zining instagramdagi sahifasida.
Faktlar:
— Isko argentinalik mutaxassis qo'lostida atigi 2ta o'yinni to'liq o'tkazdi: TsSKA (EChL) va «Melilya» (Ispaniya kubogi)ga qarshi.
— Ispaniyalik yarim himoyachi ushbu mavsumda jami 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
— Hozirda Iskoga «PSJ» qiziqish bildirmoqda.