"Real" klubi sobiq sport direktori Xorxe Valdano madridliklar yarim himoyachilari — Isko va Asensio haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Bir yil avval Isko va Asensio «Madrid» kelajagi sifatida tilga olinayotgan edi. Hozir esa ulardan biri yo'lini yo'qotib qo'ygan bo'lsa, ikkinchisi bilan nimadir yuz berdi.
Isko va Solari o'rtasida nimadir yuz berayotganini barcha bilib turibdi, ammo aynan nima bo'layotganini hech kim tushunmayapti. Ushbu muammo klub ichida hal qilinishi kerak. Kecha Isko zaxirada qolib, yoshlar jamoasi o'yinchisi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu esa jiddiy muammo. O'ylaymanki, klub ichida buni muhokama qilishmoqda. Isko to'laqonli tekshiruvdan o'tishi lozim», — dedi Valdano.