«Real» markaziy himoyachisi Xesus Valexo jamoaning bugungi mashg'uloti chog'ida jarohat oldi. 22 yoshli futbolchi jarohat tufayli mashg'ulotni oxiriga etkaza olmadi va maydonni ko'zda yosh bilan tark etdi.
Santyago Solari ispaniyalik futbolchini tinchlantirishga harakat qildi. O'yinchi yaqin bir necha soat ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng uning jarohati qay holatda ekaniga aniqlik kiritiladi.
Faktlar:
— Bu Valexoning ushbu mavsumdagi to'rtinchi jarohati bo'ldi.
— Himoyachi ushbu mavsumda «Real» safida 2ta o'yinda maydonga tushdi.