“Real” himoyachisi Xesus Valexo mashg'ulotlar vaqtida oyoq mushaklaridan jarohat oldi.
Futbolchi o'zini yomon his qildi va maydonni ko'zda yosh bilan tark etdi. 22 yoshli futbolchi joriy mavsum uchinchi bor bunday jarohatga yo'lliqmoqda.
Yaqin vaqtlar ichida ispaniyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning jarohat tafsilootlari ma'lum bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Valexo “Real” safida ushbu mavsum 7 ta o'yinda qatnashdi.