«Real» klubining 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilari Ispaniyada katta muvaffaqiyat qozondi.
Sobiq hujumchi Guti boshqarayotgan jamoa mamlakat kubogi finalida «Atletiko»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Natijada qirollik klubi yoshlari Ispaniya chempionati, kubogi va chempionlar kubogida g'alaba qozonib, «trebl» sohibi bo'ldi.
Guti boshchiligidagi jamoa faqat UEFA o'smirlar ligasida g'alaba qozonolmay, yarimfinalda mag'lub bo'lgan edi.