Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich “Yuventus” qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
Turrinliklar yozda 33 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rmoqchi. Bu haqda SportMediaset xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Modrichning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yil yozigacha mo'ljallangan. Hozircha futbolchi shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Shuningdek, futbolchi xizmatlariga Italiyaning “Inter” klubi ham qiziqish bildirmoqda.