"Tottenxem" Xarri Keynning narxini aytib, "Real" jamoasini karaxt ahvolga solib qo'ydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, dekabr oyida qirollik klubi 25 yoshli hujumchining transferi borasida shporlar bilan aloqaga chiqqan edi.
Muzokaralar davomida "Tottenxem" "Real"ga Keynning narxini aytdi 350 million evro.
Tabiiyki, Real bu summani to'lashga tayyor emas, shu bois muzokaralar to'xtab qoldi.