Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino sobiq jamoasi “Real Madrid”ga qaytishga yaqin. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Joze Mourino “Real” klubi prezidenti Florentino Peres bilan muloqot o'tkazgan va “qirollik klubi”ga qaytishga tayyorligini bildirgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, Florentino Peres Solarining o'rniga Mourinoni Madridga olib kelmoqchi.