Madridning "Real" klubi Ispaniya La ligasining 18-turi doirasida bo'lib o'tgan "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda nafaqat mag'lub bo'ldi, balki etakchi futbolchilaridan ham ayrildi.
Yakshanba kungi o'yinda zaxiraga olingan yarim himoyachi Toni Kroos kecha tibbiy ko'rikdan o'tdi. Germaniyalik futbolchining chap oyog'idagi mushagida uzilish yuz bergani aniqlandi. Dastlabki taxminlarga ko'ra, Kroosning tiklanishi uchun 2 haftadan 3 haftagacha vaqt talab etiladi.
Shu bois, 29 yoshli futbolchi La liga doirasida bo'ladigan «Betis» (13 yanvar) va «Sevilya» (19 yanvar), shuningdek, Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida o'tadigan «Leganes»ga qarshi har ikkala bahslarni (9 i 16 yanvar) o'tkazib yuboradi.
Toni Kroosdan tashqari "Real"ning boshqa futbolchilari — Garet Beyl, Marko Asensio, Markos Lorente va Mariano Dias ham hozirda jarohatni davolash bilan band.