"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniya La ligasining 18-turi doirasida bo'lib o'tgan "Real Sosedad"ga o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jamoamizdagi ko'p futbolchi o'z darajasida o'ynay olmayapti. Har bir o'yin avvalida o'z darvozamizdan to'p olib chiqyapmiz. Bunga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Ochig'ini tan olish kerak: bu omad bilan bog'liq masala emas. Ko'p vaziyatlar yaratayotganimizga qaramay, gol ura olmayapmiz. O'z navbatida ko'p to'p o'tkazib yuboryapmiz. Bularning sababi bor.
Hakam bu safar o'yinni yaxshi boshqarmadi. Ammo bizning muammolarimiz faqat hakamlar yoki videotakrorlar bilan bog'liq emas. Biroq ular bizga yordam bermayotganini ham inkor qilmayman. Bizning muammolarimiz boshqa tomonda.
Hakam menga VAR tizimidagilar penalti bo'lmaganini aytishganini ta'kidladi. 11 metrli jarima zarbasi belgilanmagani meni hayron qoldirdi. Ammo o'yin tugab bo'ldi, hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Ispaniyada VAR barchani hayron qoldirmoqda. "Real" esa barchadan ko'p jabr chekmoqda. Lekin bu mavzuni muhokama qilmoqchi emasman.
Biz o'yinimizni yaxshilashimiz zarur. Hozir ideal holatda emasmiz. Biz maydonda yakdil jamoa bo'lishimiz lozim. Chempionat boy berildi, demaymiz. "O'yindan o'yingacha" rejimida ishlashimiz kerak. Barchamiz o'tirib, erkaklarcha gaplashib olishimiz kerak", – dedi Modrich "Marca" nashriga bergan intervyusida.