Ispaniya chempionatining 18-turida "Real" o'z uyida "Real Sosedad"ga yutqazdi (0:2).
6 yanvar kuni "Santyago Bernabeu" stadionida o'tgan o'yinga 53 412 muxlis tashrif buyurdi.
Bu madridliklar uchun o'z stadionlarida Primera doirasida muxlislar eng kam tashrif buyurgan ikkinchi o'yin bo'ldi. 1-turda "Xetafe" bilan o'yinga 48 346ta tomoshabin kelgan. 7-turda "Atletiko" bilan o'yinda eng ko'p - 78 562ta tomoshabin kelgan.
ESPN jurnalisti Dermot Korriganning hisobiga ko'ra, uyda o'tgan har o'yindagi 30 ming bo'sh o'rindiq "Real" uchun minus 2 mln evro degani. Shu tariqa, "Qirollik klubi" bu mavsumda 13 mln evro ishlab topish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
"Real"ning uy o'yinlarida muxlislarning o'rtacha tashrifi 62 708 ta bo'lmoqda, stadion 85 454 tomoshabinni sig'dira oladi.