«Milan» darvozaboni Janluiji Donnarumma agenti Mino Rayolaning xizmatidan voz kechishi mumkin.
18 yoshli futbolchining oilasi va Rayola «Milan» bilan shartnomani uzaytirmaslik oqibatida yuzaga kelgan vaziyatga turlicha baho bermoqda, deb xabar qiladi Mediaset Premium.
Yaqinda «Milan» bosh murabbiyi Vinchentso Montella Donnarummaning oilasi bilan uchrashib, futbolchini jamoada qolishi yaxshiroq bo'lardi degan fikrni bildirgan. O'z navbatida darvozabonning qarindoshlari bu g'oyani qo'llab-quvvatlagan. Rayola esa bunga javoban, o'z jiyani Entsoni yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatiga jo'natib, Donnarummani «Real»ga o'tishga ko'ndirmoqchi bo'lgan.
Endi futbolchi o'z agentining xizmatidan voz kechishi mumkin.