«Real» klubi sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Garet Beyl haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
Garet Beyl haqida
«Beyl – bu sharmandalik: u menga yoqadi, ammo Krishtianu jamoani tark etganidan keyin Garet "Real" kabi jamoa etakchisi bo'lish uchun kerakli xususiyatlarga ega emas. Uning tez-tez jarohat olishi meni xavotirga solmoqda».
Santyago Solari Luka Modrichning o'rniga Federiko Valverdeni tushirgani haqida
«Agar futbolchi o'yinnni boshlang'ich tarkibda boshlab, o'zini yaxshi his qilayotgan bo'lsa, o'ynashda davom etishi mumkin. Agar uning o'zi zaxiraga olinishini so'rasa — bu boshqa masala. Agar o'yinchining o'zi buni istamagan bo'lsa, men buni tushunmayman. "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda Modrichning zaxiraga olinishi noto'g'ri qaror edi. Shuningdek, Toni Kroosning maydondan olinishini ham tushunmadim».
«Vilyarreal»ga qarshi o'yin haqida
«Real»ning ushbu mavsumdagi o'yinlarini tomosha qilish menga qiyin bo'lmoqda. Ular birinchi bo'limda yaxshi harakat qilishdi. Barcha "Madrid" shunday ruhda davom etadi, deb o'ylayotganida, jamoa ikkinchi bo'limni fojiali tarzda o'tkazdi. O'yin yo'q».
«Madrid»ning qishki transferdagi rejasi haqida
«O'ylashimcha, «Madrid» yangi futbolchilarni sotib olmoqchi emas. Yaxshi saviyadagi o'yinchini qo'lga kiritish qiyin bo'ladi».