“Real” a'zosi Luka Modrich yozda jamoadan ketishni istamoqda. Bu haqda “fichajes.com” xabar berdi.
Modrichning bunday qarorga kelishiga Peresning unga ishonchsizlik bilan qarayotgani sabab bo'lgan. Peres Modrichni “yoshi o'tib qoldi va endi yuqori darajada o'ynay olmaydi” deb hisoblayapti.
Modrichning shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan. U joriy mavsumda 24 ta o'yinda 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.