«Real» Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida bo'lib o'tgan «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda durang (2:2) o'ynadi.
"Qirollik klubi" sardori Serxio Ramos uchun bu bahs faoliyatidagi barcha musobaqalar doirasida 800-o'yin bo'ldi. 32 yoshli futbolchi «Real» safida 589, Ispaniya terma jamoasi tarkibida 161 va «Sevilya»da 50ta o'yinda maydonga tushgan.