Germaninyaning “RB Leyptsig” klubi hujumchisi Timo Verner katta ehtimol bilan mavsum so'nggida jamoasini almashtiradi.
Klub rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, yozda uni sotib yuborishga tayyor. Buni nemis klubi prezidenti Oliver Minttslaff ham qisman tasdiqlagan.
Germaniya termasi hujumchisining “Leyptsig” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq, futbolchiga “Liverpul”, “Bavariya” va “Real” jamoalaridan qiziqish borligi xabar qilingandi.