Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl “Vilyarreal”ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
El Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, 29 yoshli futbolchi chap oyog'ining to'piq qismidan jarohat olgan.
Uning jarohat tafsilotlari tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng ayon bo'ladi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum uelslik futbolchi “Real” safida 23 ta o'yinda maydonga tushib 10 ta gol mualiffiga aylandi.