«Real» darvozaboni Keylor Navas instagram sahifasiga klub muxlislari bilan tushgan suratni joylashtirdi va «Hammasi uchun rahmat», deb yozdi.
AS xabariga ko'ra, kostarikalik futbolchi bu bilan klubni tark etayotganiga ishora qilayotgan bo'lishi mumkin.
Avvalroq, Keylor Navas jamoaga Tibo Kurtua kelganidan so'ng, asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'yganidan norozi ekanini bildirib: «Men uch marta Chempionlar Ligasida g'alaba qozonganman, endi esa zaxira o'rindig'ida o'tiribman», - deb yozgan edi.