Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Statistika: «Real»ga muxlismisiz yoki Ronalduga?

Portugaliyalik yulduzini «Yuventus»ga berib yuborgan «Santyago Bernabeu»da tomoshabinlar kamaydi. 

.
- Yuklab olish

Portugaliyalik yulduzini «Yuventus»ga berib yuborgan «Santyago Bernabeu»da tomoshabinlar kamaydi. O'tgan yilga taqqoslaganda, stadiondagi anshlaglar kamroq kuzatilib, tribunalar to'lish holati 8 foizga yomonlashgan.

O'n yillikdagi eng yomon ko'rsatkich

La Ligada yangi mavsum arafasida mutaxassislar fikri taxminan ikkiga bo'lindi - kimdir Ronalduning «Real»dan ketishi Madrid jamoasini ayrim ishqibozlaridan ayi­rishini ta'kidlasa, boshqalar mazkur transfer so'nggi yillarda jahonning eng yaxshi klubi maqomini hech kimga bermayotgan jamoaga bo'lgan qiziqishga ta'sir ko'rsatmasligini aytishdi. Dastlabki to'rt oyda kuzatilgan natijalar hisob-kitob qilinsa, birinchi bildirilgan fikr haqiqatga yaqin ekani oydinlashadi.

«Qaymoqranglilar»ning 19 avgustda o'tkazilgan «Xetafe»ga qarshi uy uchrashuviga 48446 tomoshabin tashrif buyurdi - «Real»ning so'nggi 10 yillikdagi eng yomon ko'rsatkichi. O'sha oqshom 81044 muxlisni o'z bag'riga sig'diradigan «Santyago Bernabeu» atigi 59 foizga to'ldi. Oxirgi marta bunday holat 2009 yilning may oyida kuzatilgan, o'shanda 37-tur doirasidagi «Malorka»ga qarshi bahsni (1:3) ko'rish uchun 44270 tomoshabin kelgandi. Bu «Qirollik klubi»ning Ronaldu davridan avvalgi so'nggi uy o'yini edi. Portugaliyalik yulduz keyingi to'qqiz yilni Ispaniya poytaxtida o'tkazdi va shu muddat ichida «Real» stadionida tomoshabinlar tashrifi bo'yicha past ko'rsatkich qayd etilmadi. U ketishi hamono antirekord takrorlandi.

Keskin burilish

Ushbu masalada bir nechta fikrlar yangradi, ulardan eng ommaviylari - Ronalduning ketishi va omma e'tiborini torta oladigan yulduz futbolchining yo'qligi. Birinchidan, Ispaniyada ta'til jarayoni kuzatilib, poytaxt bo'shab qoldi. Ikkinchidan, Madriddagi o'yin noodatiy tarzda mahalliy vaqt bilan soat 22:15da boshlandi.

Umuman, «qaymoqranglilar»ning so'nggi besh yilda dastlabki uy o'yinidagi tomoshabinlar tashrifiga nazar tashlansa, avgust hech qachon ishqibozlarning «Santyago Bernabeu»ni to'ldirib o'tirishiga to'sqinlik qilmaganini ko'rish mumkin. Bu safar keskin burilish guvohiga aylandik.

Derbi yulduzlardan muhimroQ

Ayni payt qish hukm surmoqda va endi muammo borligi yaqqol ayon. «Real»ning so'nggi uchta o'yinida Madriddagi asosiy arenaga to'plangan ishqibozlar soni biror marotaba 56 mingdan oshmadi:

- Kubok bahsida «Melilya»ga qarshi javob o'yini (6:1) - 55243;

- TsSKAga imkoniyat boy berilgan o'yin (0:3) - 51636;

- La Ligada «Rayo Valekano» mag'lub etilgan o'yin (1:0) - 55229.

To'g'ri, aytish mumkinki, Moskva «armiyachilari»ga qarshi bahs hech narsani hal qilmasdi - «Real» baribir, guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqardi, - «Melilya» va «Rayo Valekano» esa qiziqarli raqiblar emas. Ammo boshqa bir ahamiyatli jihat shundaki, joriy yilning dastlabki to'rt oyi mobaynida «Santyago Bernabeu» 12ta o'yinni qabul qilgan bo'lsa, ularning faqat bittasini 70 mingdan ortiq muxlis kuzatgan - «Atletiko»ga qarshi Madrid derbisi (0:0, 78642). Azaliy raqobat, baribir, yuluzlardan muhimroq ekan. Boshqa tomondan olganda, aftidan, Ronaldusiz «Real»ning o'yinini ko'rishga ishtiyoqmandlar soni kama­yib bormoqda.

Minus 8%

Raqamlarga e'tibor bering. O'tgan mavsum dekabr oyi o'rtalariga kelib «qaymoqranglilar»ning uy stadioni 12ta uchrashuvda jami 819569 (bir o'yinga o'rtacha 68297 nafar) muxlisni qabul qilgandi. Bu yil tomoshabinlar tashrifi 8 foizga tushib ketdi - 753462 ishqiboz (62788).

O'tgan yili La Ligadagi sakkizta uy uchrashuvida «Santyago Bernabeu»ga 548986 (o'rtacha 68623) muxlis kelgandi. Hozirgi ko'rsatkich: 509976 (63 747) tomoshabin.

Chempionlar Ligasidagi tashrifning tushib ketgani yanada sezilarli. EChL-2017|2018 guruh bosqichidagi uch o'yinda: 220972 (o'rtacha 73657). EChL-2018|2019 guruh bosqichidagi uch o'yinda: 188243 (62748). Har bir evroo'yinda deyarli 11 ming kamroq tomoshabin!

Faqatgina bitta o'yin, o'tgan mavsumdagi bilan o'zaro solishtirganda tomoshabinlar tashrifidagi o'sishni ko'rsatishi mumkin: bu erda gap o'tgan yilgi «Fuenlabrada»ga qarshi kubok javob o'yini (2:2, 49638 muxlis) va joriy mavsumdagi «Melilya»ga qarshi bahs (6:1, 55243) haqida bormoqda. Ammo bu natija «Qirollik klubi» rahbariyatini quvontirganiga ishonish qiyin.

BoshQa sabablar

Mavjud muammoda Krishtianu faktorini ko'rishni istamaganlar uchun boshqa sabablarni ham keltirib o'tish mumkin: mavsumiy abonementlar narxining 10 foizga oshirilgani, «Real»ning beqaror starti, bosh murabbiy o'zgarishi, ortiqcha o'zgarishlarsiz odatiy tarkib...

Ammo hozircha barchasiga Ronaldu aybdordek ko'rinmoqda: u «qaymoqranglilar»ning aksariyat ish-qibozlarini «Santyago Bernabeu» tribunalaridan chetlatib, televizor ekrani qarshisida «Yuventus» o'yinlarini kutishga majburlagandek, go'yo.

BestMaster
1 Yanvar 2019, 13:40
statistika, «real»ga, muxlismisiz, yoki, ronalduga?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 5
 alyosha  
Albatda Ranalduga
1 Yanvar 2019, 14:50
dxx
 dxx  
Bolar ish boldi endi yaxshi hujumchi olib kelish kerak
1 Yanvar 2019, 18:32
dilshod717
 dilshod717  
Men ikisiga ham muhliyman
2 Yanvar 2019, 09:51
 foter  
Real Madrid ga
2 Yanvar 2019, 10:27
 melo  
Ikgalasigayam sodiqman!!!!
2 Yanvar 2019, 14:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads