"Real" qishki transfer paytida jamoa hujumini kuchaytirishni ko'zlamoqda. Bu maqsad yo'lida jamoa 5 nafar nomzodni o'zi uchun ajratib oldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "qaymoqranglilar" Mauro Ikardi ("Inter"), Timo Verner ("RB Leyptsig"), Kshishtof Pyontek ("Jenoa"), Fernando Lorente ("Tottenxem") va Basa Dosta ("Sporting")dan birini jamoaga olib kelishni ko'zlashmoqda.
Mavsumning birinchi yarmida jamoa hujumchilari u qadar yuqori samaradorlik namoyish eta olmadi. "Real"ning hozirgi paytdagi to'purari Karim Benzema hisoblanadi. Frantsiyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasida 16ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi.