«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu sobiq jamoasining 2018 kalendar yilidagi eng yaxshi to'purari bo'ldi. Portugaliyalik futbolchi yozda «Real»ni tark etgan bo'lsa-da, "Qirollik klubi"ning boshqa futbolchilari bir yil davomida Krishtianudan ko'p gol ura olishmadi.
Ronaldu "qaymoqranglilar" safida yarim yil davomida barcha musobaqalar doirasida 28ta gol urgan bo'lsa, Garet Beylning bir yilda kiritgan to'plari soni 27tani tashkil qildi. Uchinchi o'rinda — Karim Benzema (18ta gol).