Managing Madrid portali xabariga ko'ra "Madrid" hujumchisi Alvaro Morata "Manchester Yunayted"ga keyingi haftadayoq o'tishni xohlamoqda. Futbolchi kelajagini tezroq hal qilishni istamoqda.
Hozircha tomonlar bir to'xtamga kela olishmadi. "Qizil iblislar" hujumchi uchun 70 mln yevrodan ortiq to'lash niyatida emas, madridliklar esa 80 mln talab qilishmoqda.
Garchi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan Moratani jamoada saqlab qolishga harakat qilayotgan bo'lsada, Alvaro klubdan ketishni xohlamoqda.