PSJ» «Real» yarimhimoyachisi Iskoga qiziqish bildirmoqda.
Paris United`ning xabar topishicha, Parij klubi prezidenti Nosir Al-Helaifi xavbekning otasi va agenti Pako Alarkon bilan uchrashgan. Agent bilan nafaqat «PSJ», balki «Barselona», «Yuventus», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» kabi klublar ham aloqaga chiqishgan.
Qayd etilishicha, «Real» bosh murabbiyi Santyago Solari bilan kelishmovchiligi sabab Madriddan ketishni istayotgan Iskoga aynan «PSJ» varianti ko'proq yoqyapti. Boisi jamoadoshi Karim Benzema unga Parijdagi hayotni rosa maqtab tasvirlab bergan.
Shu bilan birga, Frantsiya chempioni uchun Iskoni sotib olish oson kechmaydi. Ispaniyalikning transfer bozoridagi narxi ancha yuqori, uni xarid qilgudek bo'lishsa, frantsuzlar moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bog'liq muammolarga duch kelishi mumkin.
Joriy mavsumda Isko Ispaniya chempionatining 11 o'yinida qatnashib, bitta gol va ikkita samarali to'p uzatish bilan cheklanmoqda. Uning «qirolli klubi» bilan shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.