Ushbu mavsumda Primeroni "Sporting", "Osasuna" va "Granada" tark etganligi aniq bo'ldi.
Ularni o'rnini keyingi mavsumda "Levante", "Jirona" va "Xetafe" klublari egallaydi. "Levante" va "Xetafe" 1 yil muqaddam La Ligada ishtirok etgan va Segundaga tushib ketgandi. Oradan bir mavsum o'tib ular yana elitaga qaytishdi. "Jirona" klubi esa o'z tarixida birinchi marta La Ligada qatnashadi.
Qo'shimcha qilish kerak La Liga 2 baxslarida ishtirok etgan "Xetafe" tarkibida "Real" tarbiyalanuvchisi Alvaro Ximenes ham harakat qiladi, "Jirona"da esa yana bir kanterano Borxa Garsiya.