"Flamengo"ning yoshlar jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Reyne Jezush Karvalo "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" braziliyalik 16 yoshli futbolchi uchun 70 mln evro berishga tayyor. Futbolchiga "Manchester Siti", "Yuventus" va "Roma" klublari ham qiziqmoqdalar.