Angliya terma jamoasi forvardi Xarri Keyn "Tottenxem"dan ketishga yaqin bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berib o'tadi.
Express nashri xabariga ko'ra esa futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Real Madrid" jiddiy da'vogarlik qilmoqda. Ammo favorit klublar ichida "Barselona" ham tilga olindi. Yangiliklarga ko'ra Keyn yozda londonliklar uchun rekord narxda boshqa klubga o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem"ning hozirda rekord narxda sotgan futbolchi Garet Beyl bo'ladi. U 2013-yil 100 mln yevroga "Real"ga ko'chib o'tgan edi.
Bobojonov