"Bavariya" rahbarlari "Real Madrid" yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Xabi Alonso haqida ijobiy fikr bildirishdi.
"Men Alonsoni "Bavariya"dan yana ko'rishni xohlardim. U kelajakda fantastik murabbiy bo'lishiga ishonaman. Xabi aftoritet, u tajribali va har hil tillarda gaplasha oladi. Alonsoning - shaxsiy xarekteri ham o'zgacha. U maydonda xuddi generallardek harakat qilardi va futbolchilar uni doimo eshitib turardi. To'p bilan juda yaxshi momila qiladi, xis qiladi va juda tezkor qaror qabul qiladi",- deydi Karl-Xaynz Rummenigge.
Eslatib o'tamiz, sobiq "Real" futbolchisi 2014-2017-yillarda "Bavariya"da to'p surib faoliyatini yakunladi va hozirda "Qirollik klubi" akademiyasida murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. Ma'lumot uchun, Xabi Alonso buyuk murabbiylar Karlo Anchelotti, Pep Gvardiola, Joze Mourinyo va Visento Del Boskelarning taxsilini olgan sobiq futbolchi. U barcha murabbiylar qo'l ostida asosiy futbolchilardan biri bo'lgan.
Bobojonov