«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «Real»ni boshqarishi mumkin, deya xabar tarqatdi Mundo Deportivo.
Portugaliyalik mutaxassis mavsum so'ngida hozirda vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan Santyago Solarining o'rnini egallashi mumkin. Manbaga ko'ra, Mourino Madridga keladigan bo'lsa, jamoa sardori Serxio Ramos jamoani tark etadi.
Eslatib o'tamiz, Mourino 2010-2013 yillar oralig'ida «Real»ni boshqarib, La liga, Ispaniya kubogi va mamlakat superkubogini bir martadan qo'lga kiritgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, Joze "Qirollik klubi"da ishlagan paytda Ramos bilan urishib qolgan. 21 dekabr kuni jurnalistlar Serxioga Mourino haqida savol berishdi. Ispaniyalik futbolchi esa quyidagicha javob berdi: "Besh yildan beri jamoamizda bunday murabbiy yo'q, ammo jurnalistlar hamon Mourino bilan qiziqadi".