"Real Madrid"ning ikkita sardori Serhio Ramos va Marselo "Madrid" tarixida eng sovrindor futbolchilardan biri bo'lib turubdi. Ular shu paytga qadar 4 marta Chempionlar Ligasi, 4 marta KJCH, 3 marta UEFA Superkubogi, 4 marta La Liga, 2 marta Qirol kubogi va 3 marta Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritishgan. Jami ikkala futbolchi ham "Real" bilan 20 ta sovrin jamg'arishgan. Ulardan keyin hozirgi tarkibda Karim Benzema 17 ta sovrin yutgan.
Hozirda "Real" bilan eng ko'p sovrin yutgan futbolchi bu Xento bo'lib turubdi. U "Qirollik klubi" bilan 23 ta sovringa ega chiqgan.
Bobojonov