Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko klublar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatining finalida jamoasi bilan birgalikda g'alabani nishonlamadi deb xabar beradi Marca.
Nashrning ma'lum qilishicha, sovrin taqdim qilingandan so'ng futbolchi shu zahotiyoq kiyinish xonasiga otlangan. U bilan birgalikda darvozabon Keylor Navas va Kiko Kasilya, shuningdek himoyachi Daniel Karvaxal ketgan.
Avvalroq, 26 yoshli futbolchi bosh murabbiy Santyago Solari bilan munosabati yaxshi emasdi.