"Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. "Qirollik klubi" 2018 yilgi "Oltin to'p" sohibini "neradzurri" safiga qo'yib yuborishga qarshi emas, faqat bitta shart bilan.
Buning uchun milanliklar hujumchi Mauro Ikardi va himoyachi Milan Shkrinyarni "Real"ga berishga rozi bo'lishlari kerak.
"Qaymoqranglilar" bungacha Ikardini qo'lga kiritishga urinib ko'rgan bo'lsa, Shkrinyar bilan "Barselona" klubi qiziqqan.