Madridning “Real” 22-dekabr kuni klublar o'rtasidagi JCh finalida «Al-Ayn»ni mag'lub etib, chempionga aylandi.
Mazkur sovrin jamoa himoyachilari Marselo va Serxio Ramos uchun klubdagi yigirmanchisi bo'ldi.
Ular shu tariqa 19 tadan sovringa ega Iker Kasilyas hamda Xose Kamachoni ortda qoldirib, klub tarixidagi eng sovrindor o'yinchilari ro'yxatida 3-pog'onaga ko'tarilib oldi.
Ro'yxatning boshida Pako Xento (23) bo'lsa, ikkinchi o'rinda Manolo Sanches (21) bormoqda.