«Arsenal» va «Real»ning bir nafardan yarimhimoyachisi «Yuventus» nazariga tushgan.
Evropa matbuotida tarqalayotgan xabarlarga ko'ra, «Yuve» «to'pchilar» xavbeki Aaron Remziga asosiy da'vogarga aylangan. Kuni kecha 27 yoshli uelslik futbolchi «Inter»ga o'tishga rozilik bergani xabar qilingan edi. Unga, shuningdek, «PSJ» ham befarq qarmayapti.
Shuningdek, turinliklar «Real»dan Isko transferini amalga oshirish borasida bosh qotirishmoqda. Ammo bu yo'lda 26 yoshli ispanning transfer qiymati yuqoriligi (80 mln evro) muammo bo'lib turibdi. Qolaversa, «Yuventus» Isko uchun «Manchester Siti» bilan raqobatlashishi ham kerak.
Remzi bu mavsum «Arsenal»ning 21 o'yinida qatnashib, 2+6 ko'rinishida mahsuldorlik qayd etdi (uning shartnomasi 2019 yil yozida nihoyasiga etadi). Isko esa «Real» libosida 18ta uchrashuv o'tkazib, 4+1 natijasiga erishgan.