"Real" klubi sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyada daromadlarni soliqdan yashirishda ayblanayotganidan xabaringiz bor. Mazkur ish bo'yicha sud majlisi 21 yanvar kuni bo'lib o'tadigan bo'ldi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi katta ehtimol bilan o'z aybini tan oladi. Buning uchun u shartli ravishda ikki yillik qamoq jazosini oladi. Shuningdek, 19 mln evro miqdorida jarima to'laydi. Ispaniya davlat prokurori va Ronaldu shunday kelishuvga erishishgan.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu 2011-2014 yillar oralig'ida qiyofa huquqini sotish orqali topgan daromadidan 14,7 million evro miqdoridagi soliqni Ispaniya soliq politsiyasida yashirgan.