Dortmundning “Borussiya” klubi safida porlayotgan yarim himoyachi Jeydon Sancho grand klublar e'tiboriga tushdi. Bu haqda “Marca” nashri yozmoqda.
Manbaga ko'ra, “Real” va “Barselona” allaqachon futbolchini xarid qilishga kirishgan. Shuningdek, “Bavariya” ham Sanchoga qiziqyapti. Shunisi aniqki, 18 yoshli futbolchi yozgacha Dortmundda qoladi, shu bois u yozdagina boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Sancho joriy mavsumda 24 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.