"Real" hujumchisi Karim Benzema yangi mavsumda o'zini boshqacha his qilayotganini aytdi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi hozirgacha 11 ta gol urgan.
"Haqiqatan, biz yana gollar ura boshlagan yangi Karimning paydo bo'layotganiga guvoh bo'lyapmiz. Jamoamning daldasini his qilyapman, shuning uchun maydonda bor kuchimni ishlatmoqdaman. "Rayo Valekano" bilan o'yinda muxlislar olqishini eshitganimdan so'ng, meni sevishlari va hurmat qilishlarini sezdim", - deydi Benzema.