"Real" sardori Serxio Ramos klublar o'rtasida Jahon chempionati finalida "Al-A'yn"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"Bizda klublar o'rtasida ahon chempionatida o'zimizni ko'rsatish uchun yangi imkoniyat bor: bu musobaqani ketma-ket uch marta yutgan jamoaning o'zi yo'q. Bu finaldan so'ng uyga yana bir sovrin bilan qaytishni maqsad qilganmiz.
Yarimfinalda "Kasima"ni engib, bunga yana bir qadam qo'ydik. "Al-A'yn" ibaln o'yinni intiq kutmoqdamiz. Raqibga maksimal darajada hurmat bilan qarash kerak. "Al-A'yn"da jiddiy o'yinchilar bor, bu musobaqada hamma teng, shuning uchun maydonga jiddiy kayfiyat bilan tushamiz", - deydi Ramos.