"Real" yarimhimoyachisi Luka Modrichning aytishicha, madridliklar safida o'ynashi, "Oltin to'p-2018"ni qo'lga kiritishida o'z kuchiga ishonish sabab bo'lgan.
"Yoshligimda atrofimdagilar menga ishonmagan edilar. Bu mening jismoniy kuchim, engil vaznim va boshqalar bilan bog'liq. Ba'zilar bularni futbolda muvaffaqqiyatga erishish uchun muhim hisoblar di. Ammo men hech qachon o'zimga shubhalanmaganman. O'zimga bo'lgan ishonch tufayli dunyoning eng yaxshi klubida o'ynayapman", - deydi Modrich.
Modrich 2012 yildan buyon "Real"da o'ynab kelmoqda. U klub bilan Ispaniya chempioni, mamlakat Kubogi sohibi, ikki marta Ispaniya Superkubogi egasi, to'rt karra EChL g'olibi, uch marta UEFA Superkubogi sohibi va uch marta klublar o'rtasida jahon chempioni bo'ldi.