Italiyaning “Inter” klubi kelasi yozda “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos va “Latsio” etakchisi Sergey Milinkovich-Savichni olib kelmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, milanliklar futbolchilarni kelasi mavsum olib kelishga ishonmoqda.
Eslatib o'tamiz, Toni Kroosning shartnomasida tovon puli 300 million evro qilib belgilangan bo'lsa, Milinkovich-Savichniki esa 150 million evroni tashkil qiladi.