"Chelsi" rahbarlari belgiyalik yarimhimoyachi Eden Azarni "Real"ga sotmoqchi emas, bu haqida RMC nashri xabar berib o'tadi.
Angliyaliklar "Real" ularga yaxshigina taklif qilishiga qaramasdan Azarni "Real"ga o'tishini ta'qiqladi. "Qirollik klubi" Azar uchun "Chelsi"ga 100 mln yevro hamda Isko qo'shib berishni taklif etdi, ammo inglizlar bunga rad javobini berdi.
Futbolchining agenti esa allaqachon "Chelsi" tomonidan "Madrid" bilan muzokaraga kirishmasligi to'g'risida ogohlantirishni oldi. "Aristokrat"lar prezidenti Roman Abramovich Azar bilan shartnomasining oxirigacha ishlamoqchi, garchi futbolchi "Chelsi" bilan shartnomani uzaytirishni istamasa ham kamida yana bir mavsum "Chelsi"da qolishiga to'g'ri keladi.
La Liga: 17-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring
Bobojonov