El Pais nashrining xabar berishicha, hozirda faqat bir jamoa Joze Mourino uchun jiddiy taklif tayyorlayapti.
Real rahbariyati portugaliyalik murabbiy bilan yana bir bor hamkorlik qilib ko'rish ilinjida. Florentino Peres Jozega galaktikos ni boshqarishni taklif qilgan va MYu dan iste'foga chiqqanidan tushkun bo'lmaslik kerakligini uqtirgan.
Mutaxassis katta ehtimol bilan yozda Madridga qaytadi. Peres ishonchiga kirgan Santyago Solari ham jamoada qolishi aytilmoqda.
Agar o'zaro kelishuvga erishilsa, Madrid tomon Special One ga 20 million evromiqdoridagi yillik maosh taklif etadi. Shuningdek, yangi transferlar uchun ham murabbiy istaganicha mablag' ajratiladi.