Sobiq "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yaqin vaqtlar ichida "Bavariya"ni qo'lga olishi mumkin, bu haqida Don Balon nashri xabar berib o'tdi. Ayni damda myunxenliklar bosh murabbiy Niko Kovachni iste'fosiga hozirlik ko'rmoqda.
"Bavariya" ushbu yozda yangidan shakllanishni rejalashtirmoqda. Yozgi transferlarda jamoani qariyalar Frank Ribery va Arien Robbenlar tark etadi. Shuningdek, Tomas Myuller, Xames Rodrigez, Xavi Martines, Jerom Boateng va Mats Hummelslarning ham ketishi oydinlashmoqda. Yangi jamoa shakllantirishga nemislar aynan Portugaliyalik mutaxasis Joze Mourinyo munosib nomzod sifatida qaramoqda.
Eslatib o'tamiz, hozirgi paytda Mourinyoning xizmatlariga Madridning "Real" klubi birinchilardan bo'lib da'vogarlik qilmoqda. Joze 2016-yilda "MYU"da ish boshladi va ikki yarim yil davomida 3 ta sovrin yutishga erishdi. Shuningdek, u oldin "Portu", "Chelsi", "Inter" va "Real Madrid"da ham faoliyat yuritgan.
La Liga: 17-tur uchrashuvlariga tahmin qoldiring
Bobojonov