Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Lukas Vaskes “Bavariya” qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
Bild nashrining xabariga ko'ra, nemis klubi futbolchini Frank Riberiga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda.
Vaskesning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.