Madridning “Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, frantsiyalik mutaxassisda “Manchester Yunayted”dan taklif bor va uni ko'rib chiqmoqda.
Zidan “Yuventus” hamda Frantsiya termasi bilan ishlashni istaydi, ammo yaqin orada buning iloji yo'qligi tushunmoqda. Shuning uchun “MYu”ni boshqarish imkoniyatini ko'rib chiqyapti.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Joze Mourinoni iste'foga chiqargan “Yunayted” Maurisio Pochettino variantini ko'rib chiqayotgani xabar qilingandi.