Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Garet Beyl klublar o'rtasidagi jahon chempionati doirasida “Kasima” darvozasiga uchta gol urdi.
29 yoshli futbolchi o'zi qatnashgan uchta jahon chempionatida gol urishga muvaffaq bo'ldi. Avvalroq, uelslik futbolchi 2014 yilda va 2017 yilda ham gol urgan.
Shu tariqa, Beyl bunday natijani takrorlagan uchinchi futbolchi bo'ldi. Avvalroq, bu natijani Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qayd etishgandi.