“Real” klubi Karim Benzema o'rniga munosib hujumchi izlashda davom etmoqda. Okdiari nashrining xabar berishicha, “qaymoqranglilar” short-listida ikkita nomzod bor. Ular Edinson Kavani (PSJ) va Mauro Ikardi (“Inter”).
Madridliklar argentinalik futbolchi uchun “neradzurrilar”ga 110 mln evro berishga tayyor. Ammo futbolchining o'zi bu transferga qarshi chiqmoqda.
Kavaniga kelsak, uning transferi “Real”ga arzonroqga tushadi lekin, rahbariyat uning yoshini hisobga olib, sotib olishga o'ylanmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Peres “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn uchun 100 mln evro va Garet Beylni almashtirish taklifi bilan chiqmoqchi edi.