"Real" hujumchisi Alvaro Morata jamoadan ketishni xohlamoqda, bu haqida Marca nashri xabar berib o'tadi.
Xabarlarga ko'ra madridliklar hujumchini 80 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan Alvaroni jamoada saqlab qolish niyatida, ammo hujumchi buni xohlamayapdi. Krishtianu Ronaldu jamoada qoladimi yoki yo'q bu Moratani qaroridan qaytara olmasligini ma'lum qilgan.
24 yoshli hujumchi asosiy tarkib futbolchisi bo'lmoqchi va keyingi mavsumda jahon chempionatida ispanlarning asosiy "9" - raqamli hujumchisi bo'lishni maqsad qilgan. Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" hujumchisi Joze Mourinyo Morataga o'z jamoasidan muhim ro'l ajratib qo'yganini ma'lum qilib o'tgan edi.