“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl “Kashima”ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Faoliyatim davomida chap qanotda o'ynaganman, chunki u erda men o'zimni qulay his etaman. Lekin o'ng qanot yoki markazda ham o'ynay olaman. Ha, oyog'imda kichik jarohat bor, ammo “Real”ga yordam berishga tayyorman.
O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Biroq biz sovrin yutishni istaymiz. Bu men va klub uchun juda muhim sanaladi.
Barchamiz bir bo'lib, shu maqsad sari harakat qilyapmiz. Ertadan boshlab, finalga tayyorgarlik ko'ramiz”, deydi Beyl.